Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"O‘zbekkonsert"dan "kaltak" yegan eng shov-shuvli san’atkorlar reytingi (foto)

"O‘zbekkonsert"dan "kaltak" yegan eng shov-shuvli san’atkorlar reytingi (foto)

Xalqimiz azaldan san’atni sevadigan, asl san’atkorni qadrlaydigan xalq. Biroq, san’atkorni "tarbiyalash"da ham biznikilarga yetadigani yo‘q. Xususan, yaqindagina tarqalgan shov-shuv - "O‘zbekkonsert" tomonidan bir xonandaning 10 yildan keyin lisenziyasi qaytarilgani va yana birining hujjati olib qo‘yilgani ovozasi xali sovib ulgurmadi. Ushbu shov-shuvli mavzu doirasida Sputnik nashri O‘zbekistonda lisenziya bilan bog‘liq eng ko‘p mashmashalarga uchragan san’atkorlar ketma-ketligini e’lon qildi.


Xonanda Jahongir Otajonov - yaqindagina sahnaga yoki to‘ylarga chiqish uchun lisenziyasi olib qo‘yilgan san’atimizning eng shov-shuvli vakillaridan biri. Uning Samarqandda o‘tkazgan to‘yida ustidan pul sochishgani sabab lisenziyasi bekor qilindi. Qiziq, pul sochib davlat ramzini qadrsizlantirgan kimlaru, lisenziyadan ajragan kim bo‘ldi?

Qo‘shiqchi va kino aktrisasi Sitora Farmonova "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan respublikaning san’atdagi obrusiga putur yetkazgani va 200 dan ortiq odamni konsertga yig‘a olmagani uchun jazolangan va lisenziyasi olib qo‘yilgan.


Xonanda Jasur Umirov 2013 yilda tashkilot tomonidan "jazolangan". Ta’kidlanishicha, "Lisenziya berish uchun shartnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmagani uchun" lisenziyasi olib qo‘yilgan. Mish-mishlarga ko‘ra, u aslida paxta terimiga chiqishdan bosh tortgani uchun jazo olgan.


So‘z ustasi Halima Ibragimova 2019 yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqda noma’qul gaplar aytilgan videosini joylagani sabab lisenziyasi olib qo‘yilgan.

Xonanda Shaxlo Ahmedova 2018 yilning noyabr oyida "Yozgi yomg‘irlar" nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipi uchun lisenziyasi to‘xtatib qo‘yilgan. O‘zbekkonsert klipda milliy mintalitetga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar bor deb hisoblagan.

Ko‘rib turganingizdek, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan "O‘zbekkonsert" nomli tashkilot shou-biznesimiz vakillarining san’atini emaS, balki yurish turishi, gap-so‘zlariyu, klipdagi harakatlarini nazorat qiluvchi tashkilotga aylanib ulgurgan. Balki shu sabab yurtimiz san’atida o‘z qobig‘ini yorib chiqa oladigan san’atkorlar paydo bo‘lmayotgandir. Unib chiqayotgan iqtidor kurtaklarini ramkaga moslashga urinayotgan tashkilot vakillariga san’at chegara bilmasligini, iqtidor mavjud qoliplarni yoribgina o‘zini namoyon etishini eslatib o‘tamiz. Siz qo‘yayotgan talablar esa san’atkorlarni emas, balki taqlidchilarni kashf etishga yordam beradi.

Kiritildi: 15:30 15.10.2019. O'qildi: 11407 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!