Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonning barcha hududlari tabiiy gaz bilan to‘liq ta’minlanishi rostmi?

O‘zbekistonning barcha hududlari tabiiy gaz bilan to‘liq ta’minlanishi rostmi?

Farg‘ona viloyati hududiy gaz ta’minoti filialida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: gazdan foydalanishda xavfsizlik va tejamkorlik omillari” mavzuida press-tur va respublika seminari boshlandi. Anjumanda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimlari, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari ishtirok etmoqda.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2019-2020 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlari, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida OAV vakillariga axborot berish, jurnalistlarni Farg‘ona shahridagi aholi xonadonlarida foydalanilayotgan tejamkor uskunalar va isitish tizimlari, shuningdek, zamonaviy gorelkadan foydalanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishtirishdan iborat. 

Ma’lumki, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va uy-joy fondining tabiiy gaz resursiga bo‘lgan ehtiyoji yildan-yilga ortib bormoqda. Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha 3 374 344 ta aholi xonadonlari tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan bo‘lib, shundan 68,3 foizi avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘lmagan gaz yondirgichlaridan foydalanmoqda. Natijada isitish mavsumida 575,0 million kub metr hajmdagi (184,0 mlrd. so‘mlik) tabiiy gaz behuda sarflanmoqda. 

Shu kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda bu yil yurtimizning barcha hududlari tabiiy gaz bilan to‘liq ta’minlanadi, degan xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik haqiqat. Biz bu borada mutaxassisga murojaat qildik.

– Joriy yilda respublika bo‘yicha tabiiy gaz yetkazib berilishi kafolatlangan hududlardagi iste’molchilar to‘liq tabiiy gaz bilan ta’minlanishida muammo bo‘lmaydi, – deydi “O‘ztransgaz” AJ boshqarma yetakchi mutaxassisi Hakimjon Qo‘shboqov. – Shuningdek, aholi kuz-qish mavsumida suyultirilgan gaz bilan ham vaqtida ta’minlanadi. Biz barcha sa’y-harakatlarimizni ana shunga qaratganmiz. O‘tgan yilgacha Farg‘ona vodiysida kuz-qish mavsumigacha tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida muammolar kuzatilar edi. Sovuq tushishi bilan tabiiy gaz bosimi keskin pasayib ketardi. Qozog‘iston bilan kelishuvga asosan Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini bir maromda hamda barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlashga erishildi.

Kiritildi: 12:04 20.06.2019. O'qildi: 3489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!