Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonliklarning ichki a’zolarini pullagan shifokor ushlandi

O‘zbekistonliklarning ichki a’zolarini pullagan shifokor ushlandi

Qozog‘istonda Chimkent shahridagi shifoxona bosh shifokori Abil Donboy  polisiya xodimlari tomonidan hisbga olindi. Unga inson ichki a’zolarini noqonuniy olish ayblovi qo‘yilyapti. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

Chimkent 1-raqamli shahar klinik shifoxonasi bosh shifokori joriy yilning 18 noyabr kuni Qozog‘iston IIV Tergov departamenti tomonidan qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Sudgacha tergov davomida a’zolar transplantasiyasi sohasida noqonuniy faoliyat yurituvchi jinoiy guruh aniqlangan.

Guruh tarkibida chet el fuqarolari ham bo‘lgan. Donor sifatida moddiy sharoiti og‘irligi tufayli o‘z a’zolarini sotishga majbur bo‘lgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina fuqarolari jalb etilgan. Isroil va boshqa uzoq davlatlarning fuqarolari ularning a’zolarini sotib olishgan.

Tergovchilar shifoxona bosh shifokori 37 yoshli Abil Donboy jinoiy guruh a’zolari bilan til biriktirib, katta pul evaziga ichki a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha noqonuniy operasiyalarni amalga oshirganini aniqlashdi.

Shifokorga Qozog‘iston Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan moddalarga ko‘ra transmilliy jinoiy guruhda ishtirok etish hamda odamlarning a’zolarini noqonuniy olish ayblovi qo‘yilyapti. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:31 20.11.2019. O'qildi: 4154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!