Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonliklarga ham emlanganlik haqida tegishli sertifikat beriladi

A A A
O‘zbekistonliklarga ham emlanganlik haqida tegishli sertifikat beriladi

O‘zbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.

«Bu jarayonda muhim ahamiyatga ega shpris ta’minoti, xavfsiz qutilar ta’minoti va boshqalar uchun respublikamizda 6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar vaksinasiyaga tayyorgarlik ko‘rishyapti.

Birinchi navbatda, emlanadigan aholi vakillarini elektron ro‘yxatga olish ishlari olib borilyapti. Yangi emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. Vaksina olgan fuqarolar bu saytda ro‘yxatdan o‘tkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi», dedi Bahodir Yusupaliyev.

Kiritildi: 15:57 11.03.2021. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!