Ildar Hafizov 1988 yil 30 yanvar kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2015 yilga qadar u vatanimiz sha’nini himoya qilgan. Bu haqda "rost24.uz" yozmoqda.
Bu vaqt ichida sportchi ikkita Osiyo chempionatida ishtirok etib, 2011 yil esa Toshkentda kumush, 2007 yil Bishkekda bronza, medallarini qo‘lga kiritgan.
2015 yil may oyidan Ildar Hafizov Amerika Qo‘shma Shtatlari armiyasiga qo‘shildi . AQSh armiyasida avtotransport operatori sifatida xizmat qilish bilan bir qatorda, u AQSh armiyasining jahon toifasidagi sportchilar dasturining a’zosi ham bo‘ldi. "US Open-2017»da 59 kg. vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ildar Hafizovning shu vaqtgacha qo‘lga kiritgan yutuqlari quyidagilardan iborat:
Olimpiya o‘yinlari:
2008 yil (O‘zbekiston nomidan)
2020 yil (AQSh nomidan)
Jahon chempionati:
Jahon jamoasining O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi (2007, 2009, 2011)
AQSh terma jamoasi a’zosi (2017, 2019)
2007 yil chempionatida 5-o‘rin2017 yilgi CISM harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida 5-o‘rin
Sportdagi muhim yutuqlar:
2016 yil. AQSh ochiq chempionatining g‘olibi 2017 yil. AQSh jamoaviy musobaqalari g‘olibi
2018 yil. Yunon-rum bo‘yicha jahon jamoaviy musobaqalarida 2-o‘rin
2019 yil. AQSh ochiq chempionatida 2-o‘rin
AQSh sportchisi sifatida 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
33 yoshli sportchi 2020 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida 60 kg. vazn toifasida AQSh sharafini himoya qilmoqda.