Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik qizga uylangan lord Muhammad Iltafni "Sharq taronalari" festivalida ko‘rishdi

O‘zbekistonlik qizga uylangan lord Muhammad Iltafni "Sharq taronalari" festivalida ko‘rishdi

O‘zbekistonlik Guli Muradovaga uylangani uchun katta shov-shuv va munozaralarga sabab bo‘lgan britaniyalik lord Muhammad Iltaf Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivaliga taklif etilgan faxriy mehmonlar safida ko‘rinish berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

26 avgust kuni Samarqand shahri markazi - Registon maydonida an’anaviy xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Davlat rahbari o‘z chiqishida mehmonlarni qutlar ekan, Britaniya parlamenti lordlar palatasi a’zosi Muhammad Iltaf shayxni ham O‘zbekistonda ko‘rishdan mamnunligini bildirib, minnatdorlik izhor etdi.

Britaniyalik lord, multimillioner Muhammad Iltaf o‘zidan 45 yosh kichik bo‘lgan o‘zbekistonlik Guli Murodovaga uylangach,  internet olamida mashhur ketgan edi. Kimdir bu juftlik ittifoqini "ma’lum manfaatni ko‘zlangan nikoh" deya ta’riflagan bo‘lsa, yana kimdir ularga chin yurakdan baxt tilagan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avj olgan shov-shuvli munozaralardan so‘ng ledi Guli Muradova ommaga murojaat qilib, lord Iltafga o‘z xohishi bilan turmushga chiqqanligi va bu qarorni qabul qilishda uning boyligi hech qanday ahamiyat kasb etmaganini ma’lum qilgan edi.

Aytish joizki, Muhammad Iltaf O‘zbekistonda bundan avval ham bir necha marotaba bo‘lgan va respublikadagi rahbarlar bilan uchrashgan. Xabarlarga ko‘ra, lord Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash ishlarida faol ishtirok etib keladi.

Kiritildi: 05:15 28.08.2019. O'qildi: 1747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!