Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik advokat fohishaxonalar foyda keltirayotgani haqida gapirdi(mi)?!

O‘zbekistonlik advokat fohishaxonalar foyda keltirayotgani haqida gapirdi(mi)?!

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik advokat fohishaxonalar foyda keltirayotgani haqida aytgan gapi videosi tarqaldi. Ushbu holatdan so‘ng tarmoqlarda advokatga nisbatan keskin fikrlar bildirildi.

Advokat Amrullo Ahmedov “Mahalla” telekanalida efirga uzatilgan dasturda quyidagi fikrlarni o‘rtaga tashlagan edi:

Fohishaxonalar bormi bizda? Nima uchun yopmaymiz? Bizda bularni yopish imkoni bor, bitta tadbir e’lon qilinib, hammasini yopib yuborishimiz mumkin. Uni yopmaymiz, chunki bizga foyda keltiradi. U yerdan qaysidir jinoyatchini aniqlaymiz, fohishaxonalar orqali narkotik moddalar tarqatiladi, — degan u.

Ahmedov ushbu fikriga izoh berish jarayonida aslida boshqa fikrni aytmoqchi bo‘lganini, uning nutqi esa kesib tarqatilganini va atayin qilinganini aytgan.

Shaxsan menga bu holatdan kim yoki qaysi tashkilot manfaatdor bo‘lishi ma’lum emas. Lekin fohishalar yordamida narkobiznesni targ‘ib qilish, yoshlarimizni jinoyat sodir etish yo‘liga yetaklash noto‘g‘ri usul ekanligini va bundan voz kechish zarurligini ta’kidlamoqchi bo‘lib aytgan fikrlarim shunchaki qirqib tashlangan. Ushbu nutqimda biz deb gapirganimning boisi ham ushbu illatga barchamiz mas’ul ekanligimizni bildiradi.

Shaxsan men, qaysidir tizimni tanqid qilish bilan emas, balki fohishalar orqali narkobiznes va boshqa jinoyatlarni targ‘ib etish holatlariga chek qo‘yishimiz va shu orqali eski uslubdan voz kechish zarurligini ta’kidlagandim, — degan u va o‘sha kungi nutqining to‘liq videosini taqdim etgan.

Kiritildi: 22:40 19.05.2022. O'qildi: 5786 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!