“O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
▫️O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga (keyingi o‘rinlarda – mehmonlarga) zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa tayinlanadi;
▫️har bir mehnat yoshidagi mehmon (1 va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bundan mustasno) uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi joriy etiladi;
▫️mehmonlarning har bir oilasiga yashash manzili bo‘yicha uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi;
▫️mehmonlarga farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa hamda dafn etish uchun nafaqa to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi;
▫️mehmonlarning har bir oilasiga birlamchi zaruriy vositalar (oilada ishlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari to‘plami) xaridi uchun bir martalik ko‘tarma pul qo‘shimcha ravishda to‘lab beriladi;
▫️mehmonlarning oila a’zolariga shaxsiy hamrohlik qilish va individual ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, ularning ehtiyojlari va individual talablarini ro‘yobga chiqarish maqsadida bittadan mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi.