Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi dori vositalari olib kelindi

O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi dori vositalari olib kelindi

O‘zbekistonga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan «Avigan» («Favipiravir») dori vositasi keltirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Shodmonovning ta’kidlashicha, har bitta tez yordam stansiyasida qo‘shimcha tez yordam brigadalari, poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil etiladi hamda uyida davolanayotgan bemorlarga sifatli yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

"Shifoxonada va uyida davolanayotgan barcha bemorlar uchun oliy ta’lim muassasalari va respublika markazlaridagi yetakchi olim va mutaxassislarni biriktirish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, aholi orasida sarosimani kamaytirish nuqtai nazaridan Call-markazlar soni hamda ularda ishlaydigan xodimlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kuni kecha mamlakatga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan, eng samarali dorilardan biri bo‘lgan «Avigan» dorisi keltirildi. Shifoxonalardagi bemorlarimiz uchun yetarli miqdorda dorilar mavjud.

Bundan tashqari, Prezident tomonidan har bir viloyat, har bir tumanda dori-darmon zaxiralarini yaratish topshirig‘i berildi", deb aytib o‘tdi Sog‘liqni saqlash vaziri.

Kiritildi: 13:27 16.07.2020. O'qildi: 7305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!