Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistondagi laboratoriyalar biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganmi?

O‘zbekistondagi laboratoriyalar biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganmi?

O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning G‘arb davlatlari bilan bioxavfsizlik sohasidagi hamkorligi go‘yoki yaqin joylashgan davlatlar uchun xavf tug‘dirayotgani borasidagi asossiz bayonotlar tarqalishi kuzatilayotganini qayd etadi.

TIVning yozishicha, bir qator OAVda O‘zbekistondagi mavjud laboratoriyalarning go‘yoki biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligi to‘g‘risida tarqalayotgan ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Bakteriologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchisi sifatida biologik qurol-yaroqlarni ishlab chiqarish va to‘plashning taqiqlanishini ta’minlaydi.

O‘zbekistonga nisbatan bildirilgan har qanday asossiz bayonotlar ikki tomonlama munosabatlarda muayyan keskinlikni keltirib chiqaradi va, eng muhimi, o‘zaro ishonchga asoslangan davlatlararo muloqotga zarar yetkazadi, deb hisoblaymiz.

Kiritildi: 11:30 22.06.2021. O'qildi: 3538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!