Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistondagi gaz yo‘q hududlarda elektr energiyasi uchun to‘lovni kamaytirish taklif etilmoqda

O‘zbekistondagi gaz yo‘q hududlarda elektr energiyasi uchun to‘lovni kamaytirish taklif etilmoqda

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistondagi tumanlarda gaz yo‘qligi sababli elektr energiya tarifini 30-40 foizga kamaytirish taklif etilgan petisiya joylashtirildi.

Qayd etilishicha, tumanlarda yoki qishloqlarda aholi xonadonlarida tabiiy gaz yo‘qligi sababli elektr energiya tarifini qish mavsumida 30-40 foizga qisqartirish lozim.

«Sababi bir xonadonda kamida 2 ta oila yashaydi, bu esa qishda 2 uyni isitishni anglatadi. Agarda bitta xonadonda bitta elektr isitgich bo‘lsa, u oyida kamida 1400 kvilovatt ishlaydi. Bu esa bitta elektr pechka uchun 400 ming so‘mdan ziyod to‘lov to‘lashni talab etadi, bunday holat juda ham ko‘p uchraydi. Tumandagi oilalar daromadini hisobga olganda bu juda qimmatga tushmoqda», — deb yozadi murojaat muallifi.

Taklif shundan iboratki, qish mavsumida tumanlar va qishloqlarda elektr energiyasi tarifi 30-40 foizga kamaytirilsa, aholi uylarini isitish bilan bog‘liq muammolarga kamroq duch keladi.

Bildirilishicha, boshqa davlatlarda kunduzgi va kechki tariflar mavjud. Ayrim davlatlarda tuman va qishloqlarda shahar markazidan arzonroq tariflar ham bor.

Kiritildi: 13:43 21.02.2020. O'qildi: 2123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!