O‘zbekistonga Polshadan yirik mevali qovoq urug‘lari keltirildi. Har birining vazni yuz kilogrammgacha yetishi mumkin, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.
Aprel oyi boshida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti delegasiyasi Polshaga xizmat safari bilan borib, u yerda yirik mahalliy urug‘chilik korxonalaridan biri W.Legutko bilan uchrashdi. U 60 ta davlatga qishloq xo‘jaligi urug‘larini eksport qiladi.
Ma’lumki, «W.Legutko» firmasi yirik mevali qovoq urug‘ini ekish va dalada sinovdan o‘tkazish uchun O‘zbekistonga jo‘natgan. Ular joriy yilda – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining ilmiy-tajriba stansiyalarida ekishni rejalashtirmoqda. Qovoq markaz va Krakov qishloq xo‘jaligi universiteti mutaxassislari tomonidan hamkorlikda yetishtiriladi.
Malumot uchun. Bu qovoq navining mevalari o‘rtacha iliq ob-havo sharoitida 112-138 kun ichida pishib etiladi. Bu tur pektin, organik kislotalar va mineral tuzlarga boy bo‘lib, bakterioz va turli yuqumli kasalliklarga chidamli. U sariq-to‘q sariq rangga va nozik, silliq teriga va ozgina shirin ta’mga ega. Bitta qovoqning vazni 50-100 kilogrammga etishi mumkin.