Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida koronavirusdan o‘lim holati ro‘y berayotganining sababi aytildi 

O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida koronavirusdan o‘lim holati ro‘y berayotganining sababi aytildi 

Kecha AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bir qator muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytardi.

— Nega chet davlatdan fuqarolarimizni tinimsiz olib kelyapmiz? Bu ahvolda kasallikni to‘xtatish mumkinmi?
— Chet davlatlardan fuqarolar davlat rahbarining ko‘rsatmalariga muvofiq charter reyslari tashkil etilib olib kelinyapti. Ular darhol karantinga olinyapti va kasallik aniqlansa davolash choralari ko‘rilyapti.

— Nega chet davlatlarda asosan katta yoshdagilar vafot etgan bo‘lsa, bizning yurtimizda yoshlar orasida ham o‘lim qayd etildi?
— Kasallikdan o‘lim holati asosan katta yoshdagilarda, jarrohlik amaliyotlaridan keyin, surunkali somatik kasalliklar bilan og‘rigan insonlarda (yurak kasalliklari, qandli diabet, buyrak kasalliklari, o‘pkaning surunkali kasalliklari) qayd etilmoqda.

Yurtimizda o‘lim holati yoshlarda ham qayd etilishiga vafot etgan o‘sha yosh fuqarolarning tibbiy yordamga kechikib murojaat etganliklari sabab bo‘ldi.

— Qanday kasalliklari mavjud bo‘lganda fuqarolarimizga chetdan yurtimizga kirib kelishiga ruxsat berilmaydi?
— O‘zbekiston fuqarolari har qanday yuqumli va parazitar kasalliklarga chalingan bo‘lmasin, o‘z yurtiga kirishga haqli.

Kiritildi: 08:37 26.05.2020. O'qildi: 5212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!