Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda “Yoshlar” tijorat banki tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda “Yoshlar” tijorat banki tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda “Yoshlar” tijorat banki tashkil etilishi mumkin. Bu vazifa “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori loyihacida bayon etilgan.

Hujjat loyihasi Yoshlar ittifoqi tomonidan tayyorlanib, umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari, Innovasion rivojlanish vazirliklari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har bir tuman (shahar) markazida “Yoshlar tadbirkorlik klasterlari”ni tashkil etish, “Yoshlar biznes inkubatorlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan.

Har bir tuman (shahar)da katta tajriba va salohiyatga ega tadbirkorlar ishtirokida yosh tadbirkorlarning “Start up” loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlar tadbirkorligi hududlari”ni tashkil etish taklif etilgan.

Hujjat loyihasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan ishsiz yoshlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar berish tizimini yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, qaror loyihasiga O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar bilan ishlashning yangicha modellarini yaratish va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston yoshlari – 2030” Konsepsiyasi hamda 2019-2020 yillarda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilova qilingan.

Hujjat 1 avgustga qadar muhokama qilishini rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:31 18.07.2019. O'qildi: 1700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!