Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda yil odami aniqlandi

O‘zbekistonda yil odami aniqlandi

Bugun, 17 yanvar kuni Toshkentning “Zarafshon” kinokonsert zalida “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda vazirliklar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi. Bu haqda "qalampir.uz" xabar berdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

2019 yilning eng namunali vazirligi (1-o‘rin) - Adliya vazirligi; 

2019 yilning eng namunali vazirligi (2-o‘rin) - Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi; 

2019 yilning eng namunali vazirligi (3-o‘rin) - Suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi;

2019 yilning eng namunali hududi (1-o‘rin) – Samarqand viloyati;

2019 yilning eng namunali hududi (2-o‘rin) - Namangan  viloyati, Toshkent shahri;

2019 yilning eng namunali hududi (3-o‘rin) – Andijon va Navoiy viloyatlari; 

2019 yilning eng namunali davlat va jamoat tashkiloti (1-o‘rin) - Davlat xizmatlari agentligi;

2019 yilning eng namunali davlat va jamoat tashkiloti (2-o‘rin) – AOKA;

2019 yilning eng namunali davlat va jamoat tashkiloti (3-o‘rin) - O‘zbekiston musulmonlari idorasi;

2019 yilda eng ko‘p o‘zgarish qilgan vazirlik - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

Jurnalistlar bilan eng yaxshi munosabat o‘rnatgan matbuot xizmati - Innovasion rivojlanish vazirligi;

Yil yangiligi - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;

2019 yilda O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalarida eng faol qatnashgan vazirlik - Energetika vazirligi;

Yilning eng samarali tadbiri – “World Influencers Congress” I Xalqaro influyenserlar kongressi (tashkilotchi - Turizm qo‘mitasi);

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining eng yaqin hamkori - O‘zbekiston iste’molchilar  federasiyasi;

2019 yilning xalqqa eng yaqin bo‘lgan shaffof banki – “Mikrokreditbank”;

2019 yilda OAV bilan eng faol ishlagan bank tizimi – “Qishloq qurilish bank”;

2019 yilda xalq ishonchini qozongan bank tizimi – “Agrobank”;

Xalq dardini kun tartibiga qo‘ya olgan deputat - Rasul Kusherbayev;

Eng faol davlat arbobi - O‘zbekistonda Yil odami   Tanzila Norboyeva bo‘ldi.

Kiritildi: 16:01 17.01.2020. O'qildi: 5114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!