Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda yana 200 dan ortiq odam koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda yana 200 dan ortiq odam koronavirusga chalindi

🔺2020 yil 20 sentyabr soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51 640 (+206) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Toshkent viloyatida, 100 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Toshkent shahrida yashagan 56 yoshli O‘.B. (erkak) hamda 77 yoshli R.SH. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 436 nafar, Toshkent viloyatida 119 nafar, Namangan viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Qashqadaryo viloyatida 13 nafar, Samarqand viloyatida ham 13 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 47 932 (+661) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 275 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:12 20.09.2020. O'qildi: 3281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!