Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda yana 100 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

O‘zbekistonda yana 100 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

2020 yil 3 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 (+121) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 48 nafari Toshkent shahrida (shundan 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 6034 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 3138 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 

Kiritildi: 10:01 03.07.2020. O'qildi: 4368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!