Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda saylov kompaniyasiga rasman start berildi

A A A
O‘zbekistonda saylov kompaniyasiga rasman start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi 2019 yil 20 sentyabrdan boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan majlisi saylov kampaniyasi bilan bog‘liq tashkiliy ishlarga bag‘ishlandi. Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov majlisni ochib bergan.

Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 22 dekabrni - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni, deb belgiladi.

Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Kiritildi: 21:48 20.09.2019. O'qildi: 2580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!