Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda sabzi nega keskin qimmatlashdi?

O‘zbekistonda sabzi nega keskin qimmatlashdi?

O‘zbekistonda so‘nggi bir hafta ichida sabzi narxi keskin ko‘tarildi. Mutaxassislar nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirib o‘tdi, deb xabar beradi «Podrobno.uz».

Hozirda poytaxt do‘konlari va bozorlarida sabzi 1 kilogramm uchun 9000 so‘mdan 11 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Taxminan, ikki oy oldin sabzining chakana savdodagi narxlari bundan 2—3 baravar past edi. Ammo aprel oyida yangi hosilning bozorga chiqishi va uning hajmining asta-sekin o‘sishi hech bo‘lmaganda narxlarning o‘zgarmasligini ta’minlashi kerak edi.

Ushbu mavsumda sabzi narxlarining bunday «noan’anaviy» o‘zgarishining sabablari nimada? EastFruit mutaxassislarining fikriga ko‘ra, asosiy sabab sabzining narxi Rossiya bozoridagi g‘ayritabiiy ravishda o‘zgarishidir.

O‘zbekistonda jon boshiga sabzi iste’mol qilish Sharqiy Yevropaga qaraganda yuqori. Sabzi ko‘p iste’mol qilinishining asosiy sababi shundaki, sabzi mashhur o‘zbek palovining ajralmas qismi hisoblanadi. Ommabop reseptga ko‘ra, ushbu taomni tayyorlashda bir kilogramm guruch uchun kamida bir kilogramm sabzi ishlatiladi.

Yaqin-yaqingacha palovning narxi, asosan, go‘sht, guruch va o‘simlik moyi narxlari bilan belgilangan bo‘lsa, hozirgi sabzi narxlarining palov narxidagi ulushi tobora sezilarli o‘smoqda.

So‘nggi bir necha yil ichida mamlakatda go‘sht va guruch ancha qimmatlashdi. Shuning uchun, aksariyat restoran va oshxonalarda narxni pasaytirish maqsadida ko‘proq sabzi qo‘sha boshlagani ma’lum bo‘ldi. Biroq endi vaziyat keskin o‘zgarishni boshladi, chunki sabzi narxi tom ma’noda o‘z rekordlarini yangilamoqda.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, yangi terilgan sabzi palov uchun ishlatilmaydi — ular yig‘ib olingandan keyin kamida ikki oy o‘tishi kerak. Bozorda yangi ekin paydo bo‘lgan bo‘lsa ham o‘zbek palovini tayyorlash uchun «eski sabzi» afzal bo‘lgani sababli unga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda.

2021 yil aprel oyida olingan hosildan so‘ng o‘tgan hosilning narxi keskin ko‘tarildi. May oyining boshlarida eski hosilning narxi yuqorilagandan so‘ng hali pasaymadi. Ammo aprel oyida bu yilgi hosilning bozorga chiqishi va uning hajmining asta-sekin o‘sishi hech bo‘lmaganda narxlarning o‘zgarmasligini ta’minlashi kerak edi.

Grafikdan ko‘rinib turibdiki, 2021 yil 11 iyun holatiga ko‘ra o‘tgan hosildan olingan sabzi ulgurji narxlari 2020 yilning shu sanasiga nisbatan 5 baravar yuqori.

Kiritildi: 08:47 19.06.2021. O'qildi: 4876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!