Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda nega koronavirusga chalinganlar soni ortib bormoqda?

O‘zbekistonda nega koronavirusga chalinganlar soni ortib bormoqda?

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

❓Nega shuncha cheklovlarga qaramay kundan-kunga koronavirus bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda?

❗️Xabaringiz bor, koronavirus kasalligiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar, koronavirus kasalligi bo‘yicha noxush hududdan olib kelingan respublikamiz fuqarolari, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan mashg‘ul bo‘lgan tibbiyot xodimlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari ham karantinda bo‘lib turishibdi.

Hozirgi kunda 100 mingdan ko‘proq fuqarolarimiz karantinda (stasionar va uy sharoitida) turganligini e’tiborga olsak va kasallikning inkubasion davri 14 kun ekanligini e’tiborga olsak, ular orasidan kasallik chiqishiga ham tayyor bo‘lishimiz kerak. Profilaktik tibbiyotning asosiy vazifasi, u ham bo‘lsa kasallik o‘chog‘ini jilovlash va bartaraf qilish hisoblanadi.

Kiritildi: 12:24 03.04.2020. O'qildi: 9475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!