Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda mashina haydash uchun maxsus ruxsatnomaga asossiz ega bo‘lmoqchi bo‘lgan «qahramonlar» jamoatchilikka oshkor etiladi

O‘zbekistonda mashina haydash uchun maxsus ruxsatnomaga asossiz ega bo‘lmoqchi bo‘lgan «qahramonlar» jamoatchilikka oshkor etiladi

O‘zbekistonda mashina haydash uchun maxsus ruxsatnomaga asossiz ega bo‘lishga harakat qilish holatlari aniqlanganda bunday shaxslarga doir ma’lumotlar jamoatchilikka ochiq yetkaziladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.

«Shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish qonunga zid ekanligidan xabardormiz. Biroq yurtimizda kechayotgan og‘ir vaziyatda karantin talablariga rioya qilinishini ta’minlash, fuqarolarimiz salomatligi xavfsizligi uchun ham mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz. Zamonamiz «qahramoni» bo‘lishdan o‘zingizni asrang», — deyiladi DXA xabarida.

Avvalroq Davlat xizmatlari agentligi BMW X7, Mercedes, Lexus, Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker va shunga o‘xshash mashinalar uchun ham kuryerlikni amalga oshirish maqsadida arizalar yuborilayotganini ma’lum qilgan, agentlik rahbari ularga qarata «Premium klass mashinalarining haydovchilari, ushbu mablag‘ni hozirgi sharoitda qiynalib qolgan ehtiyojmand oilalarga sarf etsangiz, ruhingiz yengil tortarmidi?», — deb aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30 mart kuni soat 06:00 dan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yildi.  Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)ga ega avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi.

Avtomashinasini tegishli tartibda olingan ruxsatnoma stikerisiz boshqargan haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi belgilandi.

Toshkentda 1 apreldan boshlab maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi qo‘shma reyd boshlandi. Toshkent shahar IIBB bergan ma’lumotga ko‘ra, 31 mart kuni soat 20:00 dan 1 aprel 7:00 gacha poytaxt yo‘llarida 168 ta tegishli ruxsatnoma (stiker)siz harakatlangan avtomobil aniqlandi.

Kiritildi: 20:04 01.04.2020. O'qildi: 3706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!