Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirusning britancha shtammi ilk bor aniqlangan 10 yoshli qiz haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda koronavirusning britancha shtammi ilk bor aniqlangan 10 yoshli qiz haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda koronavirusning britancha shtammi ilk marta 10 yoshli bolada aniqlangandi. Ma’lum bo‘lishicha, qizchada kasallik og‘ir kechmagan va asoratlar qoldirmagan. 12 kunlik davolanishdan so‘ng shifoxonadan uyiga javob berilgan.

O‘zbekistonda koronavirusning britancha shtammi qayd etilgani haqida 30 yanvar kuni xabar qilingandi. Yangi shtamm 23 yanvarda oila a’zolari bilan BAAdan Toshkentga qaytgan 10 yoshli qizda aniqlangandi.

Kun.uz bemorning bugungi kundagi holati haqida ma’lumot olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev bilan bog‘landi.

«Koronavirusning britancha shtammi bizning hududimizda ilk bor qayd etilgan 10 yoshli qiz BAAning Dubay shahridan kelgan va joriy yilning 23 yanvarida gospitalizasiya qilingandi.

Bemor o‘z vaqtida va belgilangan standartlar bo‘yicha to‘laqonli davolandi. Kasallik og‘ir kechmadi, asoratlar qoldirmadi va hozirgi kunda bemor sog‘ayib, 5 fevralda uyiga javob berilgan. Ya’ni 12 kun davomida davolash va kuzatuvda bo‘lgan.

Qayta tekshiruvlar natijasida unda virus aniqlanmagan», – dedi Furqat Sanayev.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning nisbatan xavfliroq ekani aytilayotgan yangi shtammi mamlakatga kirib kelishining oldini olish uchun bu shtamm keng tarqalgan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan O‘zbekistonga kirish va chiqish taqiqlangan. O‘tgan hafta Germaniya bu ro‘yxatdan chiqarildi.

«Britancha shtamm aeroportdayoq jilovlangani – yutug‘imiz», – degandi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov brifinglardan birida.

Kiritildi: 11:16 26.02.2021. O'qildi: 3488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!