Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirus nega keskin ortmoqda? Otabekov javob berdi

O‘zbekistonda koronavirus nega keskin ortmoqda? Otabekov javob berdi

«Kun.uz» Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning «O‘zbekiston 24» telekanali efirida aytgan so‘zlarini e’lon qildi.

«Biz to‘rt oydan buyon koronavirus bilan kurashyapmiz, lekin qo‘limizda aniq bir qo‘llanma, aniq bir davolovchi dori yo‘q. Biz faqat niqoblarni taqish orqali kasallikning oldini olish mumkinligini aniq ayta olamiz. Biz bilganimiz bundan boshqa chora yo‘q.

Kasallik ortib ketayotganining yana bir sababi – odamlarning kasal bo‘lganini tan olmayotganidir. Bizda ko‘pchilik odamlar kasallik og‘ir darajada o‘tganiga qadar shifokorga murojaat qilishmaydi. Masalan, hid bilmay, ta’m bilmay qolish oddiy grippga tegishli alomatlar emas. O‘zingizni yomon his qildingizmi, shifokorga telefon orqali murojaat qiling.

Dunyo tibbiyoti vaksinani ishlab chiqishi uchun ancha vaqt ketadi. Tajriba natijalari isbot talab qilmaydigan darajada aniq bo‘lsagina uni qo‘llash mumkin bo‘ladi. Eng asosiy vaksina – bizning hayot tarzimiz. Hayot tarzimizda kasallik menga ham yuqishi mumkin, degan o‘y bilan yashab, o‘zimizni himoyalasak, kasallikni yengishimiz mumkin.

Biz hammani jazolay olmaymiz, shu uchun bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik, bir-birimizga tanbeh beraylik. Karantin cheklovlariga rioya qilishga erishsak, koronavirusni yengishimiz mumkin». 

Kiritildi: 15:28 06.07.2020. O'qildi: 8499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!