Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirus: 250 nafar yangi bemor, 2 ta o‘lim

O‘zbekistonda koronavirus: 250 nafar yangi bemor, 2 ta o‘lim

2020 yil 12 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 465 (+250) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 109 nafari Toshkent viloyatida, 108 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. (erkak) hamda Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Hozirda mamlakatimizda 7 149 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:18 12.08.2020. O'qildi: 3679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!