Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda karantin yana kuchaytiriladimi?

O‘zbekistonda  karantin yana kuchaytiriladimi?

15 avgustdan boshlab mamlakatda karantin cheklovlari yengillashtirildi. Bu iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda barqaror faoliyatni ta’minlash, shuningdek, aholi turmush sharoitlarini yengillatish uchun zarur edi.

Karantin cheklovlarini yengillatish u bekor qilinganini anglatmaydi.

Koronavirus infeksiyasi epidemiyasining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni  individual himoya choralariga qat’iy rioya qilishda davom etishga chaqiradi. Jumladan:

— jamoat joylarida albatta niqob taqish;

— ijtimoiy masofa saqlash;

— muntazam qo‘llarni yuvish va antiseptik vositalardan foydalanish.

Shu kunlarda Respublika maxsus komissiyasi yuqorida ta’kidlangan qoidalarga rioya qilmaslik kasallik sonining takror oshishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu esa o‘z navbatida qat’iy karantin cheklovlarini qayta joriy etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.

Kiritildi: 17:59 15.08.2020. O'qildi: 6677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!