Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda karantin sabab «ZAGSdan o‘tish» vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda karantin sabab «ZAGSdan o‘tish» vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda FHDYo organlarida nikohni qayd etish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva AOKAda 29 mart, yakshanba kuni, o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«FHDYo organlarida nikohni qayd etish karantin tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Fuqarolar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (‘my.gov.uz’) orqali nikohni qayd etish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin», — dedi O‘rinboyeva.

Adliya vazirligining ta’kidlashicha, nikohni qayd etish arizasi qabul qilingan kundan boshlab to‘rt oy mobaynida nikoh qayd etilishi mumkin.

«Bunda tibbiy ko‘rikka berilgan yo‘llanma asosidagi ma’lumotnoma yetarli bo‘ladi. Ma’lumotnomaning amal qilish muddati — 3 oy. O‘ylaymizki, savol egasi o‘tgan yaqin vaqtda ariza bergan, shunday bo‘lsa, nikohni qayd etish bilan bog‘liq ishlarni karantindan keyin ham amalga oshirsa bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Alohida qayd etilishicha, FHDYo bo‘limlarida fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina — tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish uchun — tashkil qilingan darcha orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: 17:40 29.03.2020. O'qildi: 2248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!