Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda jamoat transportining qanchasi elektr yonilg‘iga o‘tkazilishi aytildi

O‘zbekistonda jamoat transportining qanchasi elektr yonilg‘iga o‘tkazilishi aytildi

O‘zbekistonda 2023 yilgacha jamoat transportining 50 foizi elektr yonilg‘iga o‘tishi ma’lum qilindi. Bu haqda kecha AOKAda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Aziz Kalimbetov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ta’kidlangan.

Aziz Kalimbetovning ta’kidlashicha, 2023 yilgacha bo‘lgan Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi doirasida jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yonilg‘isi, elektr va boshqa muqobil yonilg‘i turlariga o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, 2021 yilning o‘tgan davrida respublikada 3 milliondan ortiq avtotransport vositasining 60 foizi gaz yonilg‘isida harakatlanishga mo‘ljallangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, transport vositalaridan atmosferaga tashlamalarni kamaytirish va me’yor darajasida ekanini aniqlash maqsadida 2021 yilning bahor mavsumida «Toza havo» tadbirining birinchi bosqichi o‘tkazilgan.

«Tadbir davomida 120 mingdan ortiq transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning qariyb 5 mingtasi belgilangan me’yorlardan ortiq ekani aniqlandi va ularning 1,5 mingga yaqini vaqtincha to‘xtatilishi evaziga atmosferaga kuniga o‘rtacha 80 tonna zararli moddalar tashlanishining oldi olindi. Hozirda tadbirning 2-bosqichi 10 avgustdan 10 sentyabrgacha bo‘lib o‘tmoqda», — dedi Aziz Kalimbetov.

Kiritildi: 21:15 08.09.2021. O'qildi: 2967 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!