Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda isitish mavsumida tabiiy gaz me’yori 5 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda isitish mavsumida tabiiy gaz me’yori 5 barobarga oshiriladi

Yangi tartibga ko‘ra:
— Mart–oktyabr oylarida bazaviy me’yor 100 m³;
— Noyabr–fevral oylarida esa 500 m³ etib belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida issiqlik talab yuqori bo‘lgani uchun 500 m³lik me’yor oktyabrdanoq amal qiladi.

Ehtiyojmand oilalar uchun qo‘llab-quvvatlov choralari:
— Elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oyma-oy kompensasiyalar to‘lanadi;
▪️ Elektr energiyasida — bazaviy me’yordan ortiq qismi uchun 150 kVt·soatgacha;
▪️ Tabiiy gazda — qish oylarida 250 m³gacha, boshqa oylarda 150 m³gacha ortiq sarf uchun kompensasiya beriladi.

Bundan tashqari, 2025–2026 yilgi isitish mavsumi oldidan har bir ehtiyojmand oilaga 1 mln so‘m moddiy yordam ajratiladi.

Kiritildi: 16:08 01.11.2025. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!