Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Farhod Ashmatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 21-moddasiga muvofiq, respublikaning butun hududida yagona fuqarolik belgilangan. Biroq amaliyotda xorijda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan o‘zlari bo‘lib turgan davlatning fuqaroligini qabul qilish holatlari uchramoqda. Chunki ayrim davlatlarda ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lish qonun bilan taqiqlanmagan.
Amaldagi qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligini qabul qilish holatlarini aniqlash vazifasi yuklatilgan bo‘lib, ammo fuqarolarning ushbu fakt yuzasidan davlat organlariga xabar berish majburiyati mavjud emas edi.
Ana shunday muammolarning oldini olish va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va fuqarolarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi 24 avgustdagi yalpi majlisida deputatlar tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda bir ovozdan ma’qullandi.
Qonun amaliyotda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini fuqarolikdan chiqmasdan, chet davlat fuqaroligini olishlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
Qonun imzolanib kuchga kirishi bilan quyidagi natijalarga erishiladi: