Bugun 30 mart, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda havo harorati 60 daraja ko‘tarilyaptimi? (fotofakt)

O‘zbekistonda havo harorati 60 daraja ko‘tarilyaptimi? (fotofakt)

Issiq shu qadar avjiga chiqmoqda-ki, aholi o‘rtasida “sinoptiklar haroratning haqiqiy ko‘rsatkichlarini yashiradi, aslida harorat kunduzi 47-50 darajadan kam emas”, degan gaplar “urchimoqda”. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Kimlardir bunga uydagi haroratni o‘lchash asboblari borligi va unda 60 daraja qayd etilganini misol keltirmoqda.

Bu fikrlar qanchalik to‘g‘ri? Aslida harorat qanday o‘lchanishi to‘g‘risida “O‘zgidromet” mutaxassislari quyidagilarni so‘zlab berishdi.

– Ayni vaqtda aholi haroratni aniqlaydigan maishiy termometrlardan keng foydalanmoqda, – deydi bosh sinoptik Irina Zayseva. – Ko‘pincha, bu asboblarning qabul qilish qismi, shahardagi elektron tablolarga harorat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazuvchi termometrlarning qabul qiluvchi qismlari tik quyosh nurlari yoki atrofdagi predmetlarning issiqlik nurlanishidan himoyalanmagan.

Bunday holatda termometr havo haroratini emas, balki termometrning qabul qiluvchi qismi qizigan darajasini o‘lchaydi.

To‘g‘ri, quyosh nurlari ostida (ochiq havoda) bo‘lgan inson havo haroratini emas, quyoshdan kelayotgan, yer yuzasidan ko‘tarilayotgan hamda atrofdagi qizigan predmetlar o‘zidan chiqarayotgan energiya ta’sirida issiqlik bosimini his etadi. 

Avtomashinadagilar quyosh nurlari ta’sirida qizigan mashina korpusining issiqligini his qiladi. Shuning uchun tik quyosh ostidagi harorat soyaga qaraganda ancha yuqoridek seziladi.

Endi bizning kuzatuvlarimizga keladigan bo‘lsak, issiqlik nurlanishi omillarini istisno qilish maqsadida butun dunyoda Jahon meteorologiya tashkiloti qoidalariga muvofiq yagona uslubda va yagona standartda o‘tkaziladi. 

Xususan, havo harorati yer sathidan 2 ikki metr balandlikda o‘rnatilgan maxsus shamollatiladigan meteorologik xonada o‘lchanadi. O‘lchov asboblari doimiy ravishda tekshiriladi va ularning ko‘rsatkichlari etalon asbob ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Shuning uchun havo harorati to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni bilmoqchi bo‘lsangiz, “O‘zgidromet” prognozlaridan foydalanish va ishonishni taklif qilamiz.

Qayd etish kerakki, hozirga qadar jahonda eng yuqori havo harorati AQShning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysi va Liviya cho‘lida qayd etilgan bo‘lib, u 57-58°S tashkil etgan. 

O‘zbekistonda eng yuqori harorat esa Qizilqum cho‘lida va Termiz shahri yaqinida qayd etilgan bo‘lib, u 50°S bo‘lgan.

Toshkent shahrida yoz mavsumining absolyut maksimumi issiq davri 1997 yilning 18 iyul kuni bo‘lgan. Bunda issiqlik harorati 44.6°S ga teng bo‘lgan.

Kiritildi: 17:31 12.07.2019. O'qildi: 11994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!