Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda Formula-1 musobaqasi o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda Formula-1 musobaqasi o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekiston hukumati mamlakat hududida Formula-1 musobaqasining bir bosqichini o‘tkazishni istamoqda. Bu haqda britaniyalik taniqli avtosport jurnalisti Jo Seyvud o‘zining shaxsiy blogida xabar bergan.

Seyvudning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston vakili yaqinda bo‘lib o‘tgan Singapur Gran-prisi chog‘ida poygachilar bazasi hududida ko‘rinish bergan. Norasmiy manbalarga ko‘ra, aynan shu yerda Toshkent yoki mamlakatning boshqa shahrida Formula-1 poygasini o‘tkazish imkoniyati muhokama qilingan.

Ayni paytda Formula-1 bosqichlari Osiyo va Yaqin Sharqdagi sakkizta davlatda, jumladan, Bahrayn, Xitoy, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Singapur, Qatar hamda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘tkazib kelinadi. Agar O‘zbekiston ushbu ro‘yxatga qo‘shilsa, bu mamlakatning global avtosportdagi mavqeyini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Kiritildi: 09:01 10.10.2025. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!