Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda bir kunda qancha odam vafot etishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda bir kunda qancha odam vafot etishi ma’lum qilindi

Hozir O‘zbekistonda yoz chillasi bo‘lgani bois iyul oyida vafot etganlar soni avvalgi oylarga nisbatan ko‘paygan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 5 avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.

Tadbirda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rajabboy Isroilov respublikada umumiy o‘lim holatlarining kunlik ko‘rsatkichiga to‘xtalib o‘tdi.

«Statistika bo‘yicha O‘zbekistonning umumiy aholisiga bir kunda 500 tadan 600 tagacha o‘lim holati to‘g‘ri keladi. Bular yosh bolalardan tortib qariyalargacha. Aynan shuning ichida infeksiya qurbonlari ham bo‘lishi mumkin. Iyul oyida yozgi chilla bo‘lgani uchun bu raqamlar ko‘paygan bo‘lishi, shubhasiz», — dedi Isroilov.

Kiritildi: 00:35 06.08.2020. O'qildi: 9015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!