Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda bemor o‘zini kasalxonaning ikkinchi qavatidan pastga tashlamoqchi bo‘ldi

O‘zbekistonda bemor o‘zini kasalxonaning ikkinchi qavatidan pastga tashlamoqchi bo‘ldi

 Amudaryodagi psixiatr qabuliga kelgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganida profilaktika inspektorlari tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, Amudaryo tumanida Psixiatr qabuliga kelgan yoshi taxminan 40-45 larda bo‘lgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. Ushbu holat aks etgan videotasvir esa ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan.

Voqea 16 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda yuz bergan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani «Qilichboy» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qo‘zg‘igani sababli o‘ziga pichoq urmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgan.

Profilaktika inspektori chaqirilgan manzilga yetib borganida, haqiqatdan ham fuqaro Q.E.ning o‘z uyida oshxona pichog‘ini o‘ziga urmoqchi bo‘layotgani, baqir-chaqir qilayotgani holatiga guvoh bo‘lgan. Inspektor fuqaroni tinchlantirib, uning qo‘lidagi pichoqni olib qo‘ygan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan.

Tuman markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatida ushlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qochish niyatida poliklinika derazasini oshib o‘tib, pastga sakramoqchi bo‘lgan.

Profilaktika inspektorlari tezkorlik bilan fuqaroni  ushlab qolishgan va ushu kunning o‘zidayoq Nukus shahridagi ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

 

Kiritildi: 18:08 17.01.2020. O'qildi: 2984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!