Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda “Aqlli suv” tizimi qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda “Aqlli suv” tizimi qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

Shu yil noyabr-dekabr oylarida “Aqlli suv” qurilmalari o‘rnatiladi va yagona tizimga ulanadi. Bu haqda O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Hamrayev Shavkat ma’lum qildi.

“Bugungi kunda 61 ta nuqtaga mo‘ljallangan “Aqlli suv” qurilmalari O‘zbekistonga olib kelindi, shu yil noyabr-dekabr oylarida ular o‘rnatiladi va yagona tizimga ulanadi”, - dedi vazir Xalqaro press-klubdagi "O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muamolarni hal qilishning yangi davri" mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda.

Uning ta’kidlanishicha, mamlakatning eng ko‘p suv talab etadigan hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasidir. Chunki Qoraqalpog‘iston yeri sho‘r va aholisi sholichilik bilan shug‘ullanadi. Bu omillar hududning suvga bo‘lgan talabini oshirmoqda.

Kiritildi: 15:04 20.11.2019. O'qildi: 2458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!