Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston yoshlari o‘rtoqlik o‘yinida Qozog‘istonni mag‘lub etdi

O‘zbekiston yoshlari o‘rtoqlik o‘yinida Qozog‘istonni mag‘lub etdi

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U21 terma jamoasi bugun Toshkentda Qozog‘iston yoshlar jamoasiga qarshi ilk o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Bahsning katta qismida hisob ochilmadi. Vaholanki, o‘yinning 2-daqiqasida gol urishimiz mumkin edi, ammo raqib darvozaboni to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishga ulgurdi.

84-daqiqada esa qozog‘istonlik markaziy himoyachi xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida Firdavs Abdurahmonov to‘pni egallab oldi va psobon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

U21 o‘rtoqlik o‘yini.
O‘zbekiston - Qozog‘iston - 1:0 (0:0)
Gol: Firdavs Abdurahmonov (84)

Kiritildi: 23:13 12.10.2025. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!