Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston vaziri Turkmaniston Prezidentining payg‘ambar yoshiga atab “Tashkent city”da qo‘shiq kuyladi (video)

O‘zbekiston vaziri Turkmaniston Prezidentining payg‘ambar yoshiga atab “Tashkent city”da qo‘shiq kuyladi (video)

29 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 63 yoshga to‘ldi. Ashxoboddagi “Arqadag‘” bog‘idagi bayram konsertida tele-ko‘prik orqali O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozodbek Nazarbekov qatnashdi.

Nazarbekov “Tashkent city”dagi bog‘dan aloqaga chiqib, “Arqadag‘”ni qutladi: 

“Muhtaram Gurbanguli Myalikguliyevich! Xonimlar va janoblar, aziz qardoshlar! Albatta, so‘nggi yillarda ikki xalqning do‘stligi yo‘lida olib borayotgan barcha sa’y-harakatlaringiz , o‘ylaymanki, bugun mana shu ikki xalqni yanada jipslashtirdi, yanada mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘ldi.  Mana shu ulug‘ kunlarda, mana shu bayram kunida men ham sizni tabriklab ishtirok etayotganimdan juda xursandman...

Turkman xalqini juda yaxshi ko‘raman. Doim konsertlarimda, Turkmanistonda – Ashxobodda, Avazada bo‘lgan konsertlarimda turkman xalqi meni hech qachon yolg‘iz qoldirmagan. Doim qo‘llab-quvvatlagan, zallarni to‘ldirib... Turkmanistonga borganimda men doim xuddi O‘zbekistonda, o‘z yurtimda xizmat qilayotgandek muxlislar qurshovida bo‘laman. Bu meni juda quvontiradi. Bundan keyin ham kuchim boricha, g‘ayratim boricha turkman xalqiga xizmat qilishga hamisha tayyorman. Kichkinagina, kamtarona mehnatimni qadrlab, bunday yuksak mukofotga loyiq ko‘rganingiz uchun sizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Katta rahmat”, dedi Nazarbekov. 

Qo‘lini o‘ng ko‘ksida vazir nutqi so‘ngida “Arqadag‘”dan turkmanistonlik xonanda Dilbar Rahmonova bilan tayyorlagan musiqiy sovg‘asini kuylashni so‘radi. Tadbirda Nazarbekov va Rahmonova ijrosidagi “Barigal” qo‘shig‘i fonogrammasi qo‘yildi. Xonanda Dilbar Rahmonova konsert sahnasida qo‘shiqni turkman tilida kuylaydi, Nazarbekov fonogramma ortida sahna markaziga o‘rnatilgan monitorda ovoz qimirlatib turdi. 

Kiritildi: 15:30 01.07.2020. O'qildi: 4959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!