Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston muhim kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston muhim kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l transportida yuk tashish tariflarini 50 foizga tushirishga kelishib oldilar, dedi payshanba kuni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikram Niyazxo‘jayev.

Shuningdek, u Afg‘onistonda tariflar masalasi hal qilinayotganini ta’kidladi, deb yozadi RIA Novosti.

"Endi temir yo‘l tariflariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l transportida 50 foizlik chegirma berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Ya’ni ushbu masalalar endi ikki tomonlama darajada to‘liq ishlab chiqilgan", — dedi Niyazxo‘jayev xalqaro videokonferensiya chog‘ida".

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Afg‘oniston hududida allaqachon temir yo‘l transporti uchun tariflarni pasaytirish masalasida ishlamoqda.

Shuningdek, elchi bugungi kunda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha uch tomonlama — Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini yaratish masalasini ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

 

Kiritildi: 14:33 29.05.2020. O'qildi: 5564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!