Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston muftiylari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston muftiylari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Bugun, 27 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


Samimiy muloqot chog‘ida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qozog‘iston bosh muftiysi Navro‘zbay hoji janoblariga Toshkent, Buxoro shaharlaridagi nufuzli tadbirlar va xalqaro konferensiyalarda faol ishtiroklari uchun tashakkur aytib, qozog‘istonlik ulamolarning xalqaro forumdagi chiqishlarini yuqori baholadilar. O‘z navbatida Qozog‘iston bosh muftiysi samimiy taklif, xayrli duo va tilaklar uchun minnatdorlik bildirib, muvaffaqiyatlar tiladi.


Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik diniy-ma’rifiy jabhada ham izchil rivojlanib, xalqlarimiz o‘rtasidagi birodarlikni yanada mustahkamlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli o‘zaro munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani ham alohida ta’kidlandi.


Muloqotda O‘zbekiston tomonining Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralar rahbarlari kengashi huzurida Fatvo hay’atini tuzish taklifining amaliy ahamiyati juda yuqori ekaniga urg‘u qaratildi. Mazkur hay’at global masalalardagi fatvolar loyihasini ishlab chiqish, fatvo idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalar bilan shug‘ullanishi bilan yanada ahamiyatli ekaniga e’tibor qaratildi.


Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ikki davlat diniy idoralari hamkorligida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, mo‘min-musulmonlarning diniy ehtiyojlarini qondirish, xususan birgalikda global fatvolarni ishlab chiqish, qardosh xalqlarning diniy ehtiyojlarini to‘g‘ri ta’minlash kabilarga ham to‘xtaldilar.

Kiritildi: 15:07 27.11.2023. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!