O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olimjon Abdullayev BAAning vaqtinchalik ishonchli vakili Muhammad al-Dahiriy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi yuqori darajadagi munosabatlarni ta’kidladilar va mehnat migrasiyasi masalalarini muhokama qildilar. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish maqsadida ularni tashkillashtirilgan tarzda BAAga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, hamkorlikni yanada faollashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.