O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionatida «J» guruhida 2-o‘rinni egallagan holda 1/32 finalga yo‘l oldi.
Vakillarimizning navbatdagi raqibi «C» guruhida ikkinchi bo‘lgan Xorvatiya bo‘ladi. Ushbu o‘yin 14 noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu juftlik g‘olibi 1/16 finalda Avstriya - Chexiya o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.