Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston tibbiyot og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston tibbiyot og‘ir judolikka uchradi

Toshkent farmasevtika instituti rektori Ibrohim Olimjonov olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev xabar qildi.

“Sog‘liqni saqlash sohasi, ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Toshkent farmasevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Olimjonov Ibrohim Inamovich 61 yoshida vafot etdi”, deyiladi xabarda.

Ibrohim Olimjonov1959 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1982 yilda O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot) institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Andijon shahar 2- bolalar shifoxonasi vrach interni, ordinatori, davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari, keyinchalik Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra assistenti, dosenti va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U 2012-2018 yillarda mazkur institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori va rektori vazifasida ham ishlagan. 2018 yildan Toshkent farmasevtika instituti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmasevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimdjanov Ibrohim Inamovichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Kiritildi: 19:04 19.01.2020. O'qildi: 3892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!