Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

🧐 O‘zbekiston Rossiya vaksinasini qachon sotib oladi?

🧐 O‘zbekiston Rossiya vaksinasini qachon sotib oladi?

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq savol va murojaatlar yuzasidan javob berildi.

— Rossiya davlati bilan vaksinani olib kelish  bo‘yicha ishlar olib borilyaptimi? O‘zbekistonda ham vaksinani ishlab chiqish mumkinmi?

— Hozirgi kunda Prezidentimiz topshiriqlariga binoan, vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisini emlashni amalga oshirish yo‘llarini o‘rganib chiqish maqsadida yetakchi olimlar va tajribali shifokorlardan iborat ishchi guruhi tuzilgan.

COVID-19 vaksinasining klinik sinovlarining  barcha bosqichi yakunlanmagunicha mamlakat uni sotib ololmaydi.

Vaksina sinovlarining barcha bosqichlari o‘tganidan keyingina xalqaro sertifikatlashtirish amalga oshiriladi.

U qaysi davlat yoki laboratoriya bo‘ladi, bu hozircha noma’lum.

Koronovirusga qarshi ishlab chikarilgan vaksinalarni har tomonlama o‘rganib, O‘zbekistonda ishlatish bo‘yicha ishchi guruh xulosa bersa vaksinani olib kelish, ishlatish tartiblari va muddatlari belgilanadi.

O‘zbekistonda vaksina  ishlab chiqish masalasi nechog‘lik axamiyatli. Vaqt kutib  turmaydi. Vaksinani ishlab chiqarish, uni klinik sinovlardan o‘tkazish uchun vaqt talab qilinadi. Uni O‘zbekistonda ishlab chiqargandan ko‘ra, tayer vaksinani ishlatgan ma’qul.

Avvalroq, TTA rektori, professor Laziz To‘ychiyev "Xalq so‘zi" gazetasiga bergan intervyusida Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina respublikamizda 2021 yildan oldin qo‘llanilmasligini ma’lum qilgan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga ko‘ra, vaksina ikkita maydonda – Gamalei markazi va "Binnofarm" zavodi tomonidan ishlab chiqariladi.

Keyinroq RFPI rahbari Kirill Dmitriyev Fond vaksinani yiliga 500 mln doza ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 5 ta mamlakat bilan shartnoma imzolagan.

 

Kiritildi: 12:55 15.08.2020. O'qildi: 17312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!