Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga kiritaman deb 2 million so‘ragan shaxs ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga kiritaman deb 2 million so‘ragan shaxs ushlandi

Sudlanuvchi O.V. qasdan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan. 

Jumladan, u o‘zganing mol-mulkin aldov hamda ishonchini suiiste’mol iqlish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2019 yilning 09 iyun kuni fuqaro I.N.ning ishonchiga kirib, uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabuliga olib kirishni va’da qilib, buning evaziga undan .......... shahrining ..... tumani ...... ko‘chasi hududida 2.000.000 so‘m naqd pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ...... shahar IIO FMB ..-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, O.V O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasining 1-qismi bilan sudlanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan.

Sudlanuvchi O.V sud majlisida o‘zi sodir etgan jinoiy harakatiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymonligini, sodir etgan qilmishini oqibatlarini anglaganligini, jabrlanuvchi I.N bilan o‘zaro yarashganligini va yetkazilgan moddiy zararni sud jarayonida to‘liq qoplab berganligini, hozirda jabrlanuvchi bilan biron-bir tazyiqsiz yarashib olganligini bildirib, ular o‘rtalarida tuzilgan yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganligi haqida ko‘rsatuv berib, unga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini tugatishni so‘radi.

Jabrlanuvchi I.N sud majlisida sudlanuvchi O.V.ga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini, unga yetkazilgan moddiy zarar sud jarayonida sudlanuvchi tomonidan to‘liq qoplanganligini, arizani o‘z xohishi bilan yozganligi, unga biron-bir tazyiq o‘tkazilmaganligi, sudlanuvchi O.V bilan o‘zaro yarashganliklarini, yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganligini bildirib, jinoyat ishini tugatishni so‘radi.

Sud, jinoyat ishi hujjatlari, jabrlanuvchi I.N va sudlanuvchi O.V.ning sudga taqdim etgan yarashuv to‘g‘risidagi arizalari bilan tanishib, ishda qatnashayotgan prokurorning, sudlanuvchi O.V.ga nisbatan jinoyat ishini tomonlar yarashuvi munosabati bilan harakatdan tugatish haqidagi fikrini eshitib, gumon qilinuvchi o‘z aybiga to‘liq iqrorligi, yetkazilgan moddiy zarar sud jarayonida to‘liq qoplanganligi, jabrlanuvchi va sudlanuvchiga biron-bir tazyiq o‘tkazilmaganligi, yarashuv ixtiyoriyligini hamda O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat JK 661-moddasiga muvofiq, yarashuvga tushishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002 yil 25 oktyabrdagi «Yarashuv to‘g‘risida ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi 27-sonli qarorining rahbariy ko‘rsatmalariga amal qilib, O.V.ga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini taraflar o‘zaro yarashganliklari munosabati bilan tugatishni lozim topdi.                                               

A.Jabborov ,Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi                                                                                                                                         

 

 

Kiritildi: 12:41 26.03.2020. O'qildi: 4378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!