Hujjatda Qirg‘izistonga qishki elektr energiyasi yetkazib berish va keyinchalik Qozog‘iston va O‘zbekistonga sug‘orish uchun yozgi suv yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Bu asosan avvalgi kelishuvlarning yangilangan modelidir.
Tegishli vazirliklar rahbarlari mintaqada elektr energiyasi iste’molini kamaytirish bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘rishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston tomoni energiya tizimini tranzit qilish, yetkazib berish va muvozanatlash uchun texnik shartlarni taqdim etishga tayyorligini tasdiqladi.