Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAga yutqazib qo‘ydi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAga yutqazib qo‘ydi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dubai Cup—U23 xalqaro musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

17 noyabr, yakshanba kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Birlashgan Arab Amirliklari olimpiyachilariga qarshi bahs olib bordi.

Amirliklar 6-daqiqadayoq Zayid Al Amrining golidan keyin oldinda o‘tib oldi. 59-daqiqada Yahyo al Hassani hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Oybek Bozorov hisobni qisqartirishga erishdi.

Avvalroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Iordaniya va Iroq bilan durang o‘ynagan edi. Drulovich shogirdlari 19 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 09:40 18.11.2019. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!