Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘zgardimi?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘zgardimi?

Shu yil 8 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga go‘yoki nomzodlar ko‘rib chiqilib, Azon.uz sayti ta’sischisi Mubashshir Ahmad ma’qullandi, degan mazmundagi xabar soxta va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Mazkur asossiz xabar tarqalgan zahotiyoq, Azon.uz tahririyati ushbu xabar noto‘g‘ri ekani, unga ko‘r-ko‘rona ishonib ketmaslikka chaqirib, raddiya e’lon qildi.

Ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida Usmonxon Alimov hazratlari faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Biz, fazilatli  muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga uzoq yillar mo‘min-musulmonlarimiz xizmatida bardavom bo‘lishlarini Alloh taboraka va taolodan so‘raymiz.

Aholi orasida asossiz va yolg‘on xabar tarqatish Islom dini ta’limotlariga ko‘ra, qattiq qoralanadi, qonunchilikda esa javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz.

O‘z navbatida mo‘min-musulmonlarni mana shunday fitna va ikkilanishlarga sabab bo‘ladigan yolg‘on xabarlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.

Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilsin!

Kiritildi: 08:32 09.08.2020. O'qildi: 5450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!