Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston INNdan voz kechadi

O‘zbekiston INNdan voz kechadi

O‘zbekistonda bosqichma-bosqich ravishda soliq to‘lovchining identifikasiya raqamidan (INN) Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR)ga o‘tiladi. Bu haqida yangi imzolangan prezident qarorida aytib o‘tilgan.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR) 14 ta sondan tashkil topgan bo‘lib, u pasportda ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Ushbu yilning noyabr oyiga qadar har bir fuqaroning JSHSHIR raqami bo‘lib, unga INN, u ega bo‘lgan yer yoki uy joy mulkining kadastr raqami, pensiya jamg‘armasi raqami va boshqa ma’lumotlar biriktirilgan bo‘ladi.

Yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar O‘zbekistonda aholi soliq to‘lashda, pensiya olishda, biznes yuritishda va boshqa muhim sohalarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish, xizmat sifati, darajasi, qulayligi va tezligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar natijasida saoliq organlaridan qarzdorligi yo‘qligi, pensiya jamg‘armalari to‘langani va boshqa ko‘plab ma’lumotnomalarni bekor qilinishiga olib keladi.

Shuningdek, fuqaro va tadbirkorlar nafaqat o‘zlari ro‘yxatda turgan manzilda, balkim respublikaning istalgan nuqtasida Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Undan tashqari ko‘plab davlat xizmatlarini onlayn ravishda olish mumkin bo‘ladi. Onlayn rasmiylashtirilga hujjatlar uchun to‘lovlar 90% miqdorida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida Davlat xizmatlari markazlari yagona darcha uslubida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni 100 dan oshib ketdi.

Kiritildi: 16:35 19.02.2019. O'qildi: 4668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!