Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston dekabrda YEOIIda kuzatuvchi maqomini oladi - Mixail Anisimov

O‘zbekiston dekabrda YEOIIda kuzatuvchi maqomini oladi - Mixail Anisimov

Joriy yilning dekabrida O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (EOII) kuzatuvchi-davlat maqomini oladi.

Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi departament boshlig‘i Mixail Anisimov «Rossiya-O‘zbekiston sanoat muloqoti: yangi loyihalar va hamkorlik» onlayn-konferensiyasida qilgan chiqishida aytdi.

«O‘zbekistonga dekabrda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi maqomi beriladi», - dedi Anisimov.

Hozirda YEOIIda Moldova kuzatuvchi maqomiga ega.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 24 yanvarda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida YEOII masalasida o‘z fikrini bildirgandi. O‘zbekiston prezidenti gap a’zolik emas, hamkorlik to‘g‘risida ketayotganligini ta’kidlagandi.

 «Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz», degandi O‘zbekiston rahbari.

Kiritildi: 07:10 02.12.2020. O'qildi: 1796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!