Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston bunday insonlar uchun yopiqdir

O‘zbekiston bunday insonlar uchun yopiqdir

“Valday” Xalqaro klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash fondining ilmiy ishlar bo‘yicha direktori, “Rossiya v globalnoy politike” jurnali bosh muharriri Fyodor Lukyanov fikricha, AQSh va YEI Markaziy Osiyoga asosan Xitoy va Rossiyaning o‘zaro aloqasi uchun platformadek qaraydi.

Rossiyalik siyosatshunosning ta’kidlashicha, konferensiyaning asosiy mavzusi Markaziy Osiyoda hozirda mavjud tahdidlar borasida bo‘ldi va bugunning talabiga ko‘ra, xalqaro xaritadagi muammolarning notekis va o‘ta shiddatli o‘zgarishi hisobga olinishi kerak.

“Mintaqada “katta o‘yinchilar” manfaatlarining to‘qnashuvi borasida qiziqarli munozara shakllandi. Bizdagi ekspertlik hamjamiyatida bu holat davom etayotganligi to‘g‘risidagi fikr odatiy bo‘lib qolgan bo‘lsa, konferensiyada bunga tamomila teskari, turli-tuman mulohazalar bildirildi”, - deya qayd etdi F.Lukyanov.

Uning fikricha, mintaqadagi muammolar muntazam ravishda ham ichkarida va hamda tashqarida shakllanib kelmoqda. Shunday bo‘lsa-da, konferensiyadagi ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bu kabi masalalarda rang-barangligi bilan ajralib turdi.

“Ilgaridan o‘rnatilgan fikrga ko‘ra, AQSh va YEI mintaqada ma’no jihatdan bir-biriga yaqin manfaatlarga ega. Biroq ular Markaziy Osiyoni asosan Xitoy va Rossiyaning muloqoti va o‘zaro aloqasi uchun platforma sifatida qabul qilishadi. Ya’ni ularning bu yerda manfaati bo‘lgan taqdirda ham, bular jo‘g‘rofiy va madaniy nuqtai nazardan mintaqaga yanada yaqin bo‘lgan RF va XXRning manfaatlari bilan solishtirilib bo‘lmaydigan darajada”, - deydi suhbatdosh.

Anjuman ishtirokchilari “radikal Islom” tahdidi mavzusini ham muhokama qildilar. Lukyanov qayd etishicha, o‘zbekistonlik hamkasblar xavf-xatarni sog‘lom mantiqqa muvofiq tarzda baholamoqda va respublikada uni kamaytirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Tan olish kerak, O‘zbekiston tashqaridan turib Islom dinini turlicha targ‘ib qiluvchilar uchun yopiq davlat. Lekin respublikaning yonginasida Afg‘oniston joylashgan. U yerdagi noturg‘unlik davom etar ekan, noxush jarayonlarning qo‘shni mamlakatlarga o‘tish xavfi hamisha yuqori bo‘lib qoladi”, - xulosa qildi ekspert.

 

Kiritildi: 15:59 11.11.2019. O'qildi: 5298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!