Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston AQShda tashkil etilgan “Xalqaro kecha” madaniy tadbirida yana bir bor dunyoga tanitildi

O‘zbekiston AQShda tashkil etilgan “Xalqaro kecha” madaniy tadbirida yana bir bor dunyoga tanitildi

Kecha, 5 dekabr kuni AQSh Harbiy havo kuchlari “MakDill” aviabazasida (Tampa shahri, Florida shtati) AQSh Markaziy qo‘mondonligida hamkorlik faoliyatini yuritayotgan ellikdan ortiq davlat ishtirokida “Xalqaro kecha” nomli tantanali madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ushbu davlatlarning madaniyati, urf-odatlari, milliy liboslari va taomlari namoyishidan dunyoning barcha qit’alaridan tashrif buyurgan uch mingdan ortiq mehmonlar bahramand bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasining AQSh Markaziy qo‘mondonligidagi vakillari podpolkovnik U. Axmedov va mayor E. Aliyev o‘z oilalari bilan birgalikda yuqori ishtiyoq xamda tashabbus ko‘rsatib, o‘zbek madaniyati va milliy qadriyatlarini taqdim etishdi. Xususan, so‘zana namunalari, milliy liboslardan atlas, adras, baxmal (duxoba), do‘ppi, salla, to‘n hamda milliy ranglar ila bezatilgan choynak, lagan, kosa va piyolalar namoyish etildi.

O‘zbekiston harbiy vakillari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar, jumladan, osh, no‘xat sho‘rva, xasip, do‘lma, manti, shashlik, xonim, lag‘mon, somsa, chak-chak, qatlama, non, ayron va o‘rik sharbati barcha mehmonlar tomonidan tatib ko‘rildi xamda ularning betakror va ajoyib ta’mi juda yuqori baholandi.

Ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan milliy liboslar kiygan hamyurtlarimizning ishtiroki tadbirga yanada  o‘zgacha bayramona shukuh va tantana bag‘ishladi. Vatandoshlarimiz, ona yurtimizni chet elda bu kabi yuqori miqiyosdagi millatlararo tadbirlarda namoyish etilishi, shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan davlatimizga berilgan yuqori baho, yaqinlashayotgan bayram O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga munosib sovg‘a ekanini ta’kidlashdi.

“Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” harbiy medali eskizining muallifi mayor E. Aliyev yana bir bor nafaqat O‘zbekistonni, balki butun Markaziy Osiyoni ifodalaydigan va keng ma’noda urf-odatlari xamda qadriyatlarini ochib beradigan asari, o‘zbek ekspozisiyasiga yanada rang-baranglik tuhfa etdi.

O‘zbek harbiylarining tadbir doirasidagi faolligi AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbariyati tomonidan yuqori baholandi.

 

 

Kiritildi: 18:45 06.12.2019. O'qildi: 1773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!